Sadriddin Abdurahimov — Bepul Marketing Videodars
SADRIDDIN ABDURAHIMOV

Kompaniyaga yuz minglab dollar foyda keltirib, o‘zingiz arzimagan fiksa oylikda o‘tirishni bas qiling

Xizmatingizni qimmatroq sotish, biznes egasi bilan hamkor darajasiga chiqish va daromadingizni karrasiga oshirish uchun 5 ta amaliy biznes model — CORSA Marketing rahbari Sadriddin Abdurahimovdan bepul videodars.

🎬 Bepul videodarsni olish

⏱ Telegram orqali 30 soniyada yuboriladi

Tan oling, bu vaziyat faoliyatingizda tez-tez uchrab turadi:

Kompaniyaga $200,000–$300,000 oborot qilib berasiz-u, o‘zingiz $400 oylikda o‘tirasiz.
  • ✕

    Zo‘r kreativlar qilasiz, LID narxini tushirasiz, voronkalarni optimizatsiya qilasiz — lekin daromadingiz o‘zgarmaydi.

  • ✕

    Oyiga 10 ta post qo‘ysangiz ham, 15 ta qo‘ysangiz ham o‘sha bir xil pulni olasiz.

  • ✕

    Biznes egasi “bizga ko‘proq fokus qarat, keyinroq daromadingni oshiramiz” deb aniq raqamlarsiz quruq va’dalar beradi.

Eskicha “standart oylik” tizimi ishlamay qoldi. Kattaroq mas’uliyat olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga ta’sir qiluvchi kelishuvlarga o‘tish vaqti keldi.

Shaxsiy va agentlik daromadingizni oshiruvchi 5 ta marketing modeli

Bu shunchaki nazariya emas. Bepul videodarsda har bir modelning qachon va qanday ishlashini, xavf-foyda balansini aniq misollar bilan ko‘rsatib beraman:

  • 1
    Standart (Fiksa oylik)

    Kompaniya qancha foyda ko‘rishidan qat’i nazar bir xil summa olasiz. Eng oddiy, lekin o‘sishni cheklaydigan model.

  • 2
    Fix A → B (Loyiha grafigi)

    Xizmatingizni aniq muddat va ko‘lamga (masalan, 60 kunda tizim qurib berish) “upakovka” qilib, qimmatroq chek bilan sotish.

  • 3
    Fix + KPI (Kalkulyator)

    Baza fiks summa va plandan oshirilgan har bir sotuv uchun aniq hisoblangan bonus tizimi.

  • 4
    Fix + Sotuvdan ulush

    Biznes bilan partnyorlik — fiks summa va umumiy kassaga tushgan puldan 2–10% gacha ulush. Performance marketologlar uchun eng zo‘r model.

  • ❗
    Faqat foizga ishlash

    Biz qat’iyan tavsiya etmaydigan model — mahsulot va sotuv bo‘limidagi muammolar uchun marketolog o‘z yonidan risk qilmasligi kerak.

Video muallifi kim?

Sadriddin Abdurahimov

Marketing Expert & Strategist

Sadriddin Abdurahimov — CORSA Marketing rahbari. U o‘zining amaliy tajribasiga tayanib, xizmatlaringizni qimmatroq sotish, to‘g‘ri kelishuv modelini tanlash va biznes bilan hamkor darajasiga chiqish sirlari bilan bo‘lishadi.

Hozirgi bilimingiz bilan ham to'g'ri kelishuv qilish orqali daromadingizni oshirish mumkin.

Video yopiq formatda joylangan va faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi. Pastdagi tugmani bosing va 5 xil kelishuv modeli haqidagi videodarsni hoziroq Telegram orqali qabul qilib oling.

👉 Videodarsni Telegram orqali olish
Made on
Tilda